ORTIQCHA VAZNLI VA SEMIZ BOLALARDA TURMUSH TARZINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA PREVENTIV ARALASHUV NATIJALARINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Semizlik bolalarda jiddiy salomatlik muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, kattalarda kasallanish va o‘limning asosiy va erta xavf omili hisoblanadi. Semizlikning salomatlikka bevosita ta’siriga giperlipidemiya, gipertoniya va glyukozaga tolerantlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi semizlik va ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda hayot tarzini o‘zgartirishdan oldin va keyin leptin va adiponektin darajasini baholash va ularni biomarker sifatidagi rolini aniqlash. Material va usullar: Ushbu tadqiqot uchun bir yuz to‘rt nafar ortiqcha vaznli va semiz bolalar (51 nafar o‘g‘il bola va 53 nafar qizlar) kiritildi va ular asosiy guruhni tashkil qildi.  Endokrin, yurak-qon tomir, oshqozon ichak yoki jigar kasalliklari bo‘lmagan, normal vaznli ellik to‘rt nafar bola tadqiqotning nazorat guruhini tashkil qildi. Dastlabki 104 nafar boladan bir yillik hayot tarzi o‘zgarishidan so‘ng qayta tekshiruvga 48 nafari qaytgan. Ushbu bolalardan  dastlabki bosqichda, shuningdek, bir yildan so‘ng antropometrik ko‘rsatkichlar baholangan. Hayot tarziga aralashuv dasturi ovqatlanish va jismoniy faollikni o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan. Bolalar va ularning ota-onalariga uglevodlar (55%), oqsillar (15%) va lipidlarni (jami 30%, to‘yingan yog‘lar 10% dan kam) muvozanatli taqsimlashga asoslangan normal kaloriyali ovqatlanishga o‘tish tavsiya etiladi. Jismoniy faollik shaklini o‘zgartirishda aerobik mashqlarni haftasiga uch-besh marta 45-60 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida bajarish tavsiya etiladi. Natijalar: Semizlik va ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda (A guruhi, n=104) dastlabki bosqichda nazorat guruhiga (B guruhi, n=54), dastlabki bosqichda (C guruhi, n=48) va 1 yillik aralashuvdan keyin (D guruhi, n=48) klinik va biokimyoviy xususiyatlar aniqlandi. 1 yillik profilaktik aralashuvdan so‘ng 48 nafar bola qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Tana vazni o‘zgarmagan va ozgan bolalar solishtirildi. Semizlik va ortiqcha vaznga ega bo‘lgan bolalarda ko‘plab ko‘rsatkichlar, jumladan, insulin darajasi, HOMA-IR va adiponektin darajasida vazn yo‘qotgan va normal vaznga ega bo‘lgan bolalar bilan solishtirganda statistik farqlar yo‘q edi, bu yana bir bor turmush tarzini o‘zgartirishning bolalarga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Biroq, leptin darajasi semizlik va ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda normal vaznli bolalarga qaraganda yuqori bo‘lgan, bu esa metabolik holatning "me’yorlashishiga" qaramay, leptin ushbu ijobiy ko‘rsatkichlarga mos ravishda o‘zgarmaganligini taxmin qilish imkonini beradi. Xulosalar: bizning tadqiqotimiz semizlik va ortiqcha tana vazni bo‘lgan bolalarda oddiy parhez tavsiyalari va jismoniy faollikning metabolik va klinik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi. Leptin darajasi vazn yo‘qotmagan bolalarda sezilarli tarzda oshgan  ammo haqiqatda vazn yo‘qotgan bolalarda dastlabki darajaga qaraganda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagan, bu leptin tana vazni o‘zgarishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas, deb taxmin qilishga imkon beradi.Adiponektin bolalarda semizlik va ortiqcha vazn profilaktikasi va davolashning ijobiy natijalarini baholash, metabolik o‘zgarishlar monitoringi hamda ularni aniqlashning eng yaxshi va oddiy markeri hisoblanadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Vasyukova O.V. Ojirenie u detey i podrostkov: kriterii diagnoza // Ojirenie i metabolizm. - 2019. - T. 16.- №1. - C. 70-73. Vasyukova O.V. Ojirenie u detey i podrostkov: kriterii diagnoza // Ojirenie i metabolizm. - 2019. - T. 16.- №1. - C. 70-73.

Kochetova O.V., Shangareeva Z.A., Viktorova T.V., i dr. Rol genov leptina i retseptora leptina pri razvitii detskogo ojireniya // Yakutskiy meditsinskiy jurnal. -2021.- № 1 (73).- S. 97-100. Kochetova O.V., Shangareeva Z.A., Viktorova T.V., i dr. Rol genov leptina i retseptora leptina pri razvitii detskogo ojireniya // Yakutskiy meditsinskiy jurnal. -2021.- № 1 (73).- S. 97-100.

Lir D.N., Perevalov A.Ya., Mishukova T.A. Kachestvo jizni detey doshkolnogo vozrasta s ojireniem. //Voprosi pitaniya. -2021.- T. 90.- № 5 (537).- S. 59-66. Lir D.N., Perevalov A.Ya., Mishukova T.A. Kachestvo jizni detey doshkolnogo vozrasta s ojireniem. //Voprosi pitaniya. -2021.- T. 90.- № 5 (537).- S. 59-66

Nazarova L.Sh., Daukaev R.A., Musabirov D.E. i dr. Roditelskiy kontrol v profilaktike izbitochnoy massi tela i ojireniya u detey. // Gigiena i sanitariya. -2021.- T. 100. № 6.- S. 629-632. Nazarova L.Sh., Daukaev R.A., Musabirov D.E. i dr. Roditelskiy kontrol v profilaktike izbitochnoy massi tela i ojireniya u detey. // Gigiena i sanitariya. -2021.- T. 100. № 6.- S. 629-632

Skvorsova V.A., Xodjieva M.V., Borovik T.E. i dr. Adipokini i gormoni u detey mladshego shkolnogo vozrasta s normalnoy i izbitochnoy massoy tela. // Rossiyskiy pediatricheskiy jurnal. 2019.- № 22(3).- S. 137-143. Skvorsova V.A., Xodjieva M.V., Borovik T.E. i dr. Adipokini i gormoni u detey mladshego shkolnogo vozrasta s normalnoy i izbitochnoy massoy tela. // Rossiyskiy pediatricheskiy jurnal. 2019.- № 22(3).- S. 137-143

Filippova T.A., Samoylova Yu.G., Oleynik O.A. Ojirenie kak faktor riska razvitiya narusheniy uglevodnogo obmena v detskom vozraste // Meditsina: teoriya i praktika. -2019.- T. 4.- № S.- S. 570-571. Filippova T.A., Samoylova Yu.G., Oleynik O.A. Ojirenie kak faktor riska razvitiya narusheniy uglevodnogo obmena v detskom vozraste // Meditsina: teoriya i praktika. -2019.- T. 4.- № S.- S. 570-571.

Hatfield D.P Impact of a Community-Based Physical Activity Program on Fitness and Adiposity Among Overweight and Obese Children / D.P Hatfield, V.R Chomitz, K.K Chui [et al.] // Health Promot Pract. – 2017. – V. 18. – n 1. – P. 75-83.

Paduano S, Greco A, Borsari L, et al. . Physical and Sedentary Activities and Childhood Overweight/Obesity: A Cross-Sectional Study among First-Year Children of Primary Schools in Modena, Italy. Int J Environ Res Public Health -2021.- № 18 3221. doi: 10.3390/ijerph18063221.

Pedrosa, C. Markers of metabolic syndrome in obese children before and after 1-year lifestyle intervention program / C. Pedrosa, B.M. Oliveira, I. Albuquerque [et al.] // Eur. J. Nutr. – 2019. – V. 50. –P. 391–400.

Rendo-Urteaga T, Ferreira de Moraes AC, Torres-Leal FL, Manios Y, Gottand F, Sjöström M et al. Leptin and adiposity as mediators on the association between early puberty and several biomarkers in European adolescents: the HELENA Study. J Pediatr Endocrinol Metab. -2018.- № 31(11).- R. 1221-9. doi: 10.1515/jpem-2018-0120.

Spinelli A, Censi L, Mandolini D, et al. . Inequalities in Childhood Nutrition, Physical Activity, Sedentary Behaviour and Obesity in Italy. // Nutrients – 2023.- № 15.- R. 3893. doi: 10.3390/nu15183893

Zolotarjova, J.; Ten Velde, G.; Vreugdenhil, A.C.E. Effects of multidisciplinary interventions on weight loss and health outcomes in children and adolescents with morbid obesity. Obes. Rev.- 2018.- № 19.- R. 931–946.

Васюкова О.В. Ожирение у детей и подростков: критерии диагноза // Ожирение и метаболизм. - 2019. - Т. 16.- №1. - C. 70-73. Vasyukova O.V. Ojirenie u detey i podrostkov: kriterii diagnoza // Ojirenie i metabolizm. - 2019. - T. 16.- №1. - C. 70-73.

Кочетова О.В., Шангареева З.А., Викторова Т.В., и др. Роль генов лептина и рецептора лептина при развитии детского ожирения // Якутский медицинский журнал. -2021.- № 1 (73).- С. 97-100. Kochetova O.V., Shangareeva Z.A., Viktorova T.V., i dr. Rol genov leptina i retseptora leptina pri razvitii detskogo ojireniya // Yakutskiy meditsinskiy jurnal. -2021.- № 1 (73).- S. 97-100.

Лир Д.Н., Перевалов А.Я., Мишукова Т.А. Качество жизни детей дошкольного возраста с ожирением. //Вопросы питания. -2021.- Т. 90.- № 5 (537).- С. 59-66. Lir D.N., Perevalov A.Ya., Mishukova T.A. Kachestvo jizni detey doshkolnogo vozrasta s ojireniem. //Voprosi pitaniya. -2021.- T. 90.- № 5 (537).- S. 59-66

Назарова Л.Ш., Даукаев Р.А., Мусабиров Д.Э. и др. Родительский контроль в профилактике избыточной массы тела и ожирения у детей. // Гигиена и санитария. -2021.- Т. 100. № 6.- С. 629-632. Nazarova L.Sh., Daukaev R.A., Musabirov D.E. i dr. Roditelskiy kontrol v profilaktike izbitochnoy massi tela i ojireniya u detey. // Gigiena i sanitariya. -2021.- T. 100. № 6.- S. 629-632

Скворцова В.А., Ходжиева М.В., Боровик Т.Э. и др. Адипокины и гормоны у детей младшего школьного возраста с нормальной и избыточной массой тела. // Российский педиатрический журнал. 2019.- № 22(3).- С. 137-143. Skvorsova V.A., Xodjieva M.V., Borovik T.E. i dr. Adipokinы i gormonы u detey mladshego shkolnogo vozrasta s normalnoy i izbыtochnoy massoy tela. // Rossiyskiy pediatricheskiy jurnal. 2019.- № 22(3).- S. 137-143

Филиппова Т.А., Самойлова Ю.Г., Олейник О.А. Ожирение как фактор риска развития нарушений углеводного обмена в детском возрасте // Медицина: теория и практика. -2019.- Т. 4.- № S.- С. 570-571. Filippova T.A., Samoylova Yu.G., Oleynik O.A. Ojirenie kak faktor riska razvitiya narusheniy uglevodnogo obmena v detskom vozraste // Meditsina: teoriya i praktika. -2019.- T. 4.- № S.- S. 570-571.

Hatfield D.P Impact of a Community-Based Physical Activity Program on Fitness and Adiposity Among Overweight and Obese Children / D.P Hatfield, V.R Chomitz, K.K Chui [et al.] // Health Promot Pract. – 2017. – V. 18. – n 1. – P. 75-83.

Paduano S, Greco A, Borsari L, et al. . Physical and Sedentary Activities and Childhood Overweight/Obesity: A Cross-Sectional Study among First-Year Children of Primary Schools in Modena, Italy. Int J Environ Res Public Health -2021.- № 18 3221. doi: 10.3390/ijerph18063221.

Pedrosa, C. Markers of metabolic syndrome in obese children before and after 1-year lifestyle intervention program / C. Pedrosa, B.M. Oliveira, I. Albuquerque [et al.] // Eur. J. Nutr. – 2019. – V. 50. –P. 391–400.

Rendo-Urteaga T, Ferreira de Moraes AC, Torres-Leal FL, Manios Y, Gottand F, Sjöström M et al. Leptin and adiposity as mediators on the association between early puberty and several biomarkers in European adolescents: the HELENA Study. J Pediatr Endocrinol Metab. -2018.- № 31(11).- Р. 1221-9. doi: 10.1515/jpem-2018-0120.

Spinelli A, Censi L, Mandolini D, et al. . Inequalities in Childhood Nutrition, Physical Activity, Sedentary Behaviour and Obesity in Italy. // Nutrients – 2023.- № 15.- Р. 3893. doi: 10.3390/nu15183893

Zolotarjova, J.; Ten Velde, G.; Vreugdenhil, A.C.E. Effects of multidisciplinary interventions on weight loss and health outcomes in children and adolescents with morbid obesity. Obes. Rev.- 2018.- № 19.- Р. 931–946.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Mamatkhujayeva Г., & Arzikulov А. (2026). ORTIQCHA VAZNLI VA SEMIZ BOLALARDA TURMUSH TARZINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA PREVENTIV ARALASHUV NATIJALARINI BAHOLASH. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(1), 1200–1204. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-1-1200-1204
Ko'rishlar soni: 0