TAHRIRIYATGA YUBORILGAN MAQOLALARNI KO`RIB CHIQISH VA NASHR ETISH TARTIBI
  1. Qo`lyozma variantini jurnalga yuborish qoidalari quyidagi saytda ko`rsatilagan: www.ijsp.uz
  2. Xamma qo`lyozmalar jurnal taxririyatida qayd etilganidan so`ng 3-4 xafta (ba'zan kamroq vaqt) davomida taqriz jarayonidan o`tkaziladi.
  3. Ilmiy maqolalar taqrizchilari bo`lib, qoida bo`yicha, taxririyat doimiy ahzolari saylanadi. Ayrim xolatlarda ilmiy maqolalarga yo`nalishiga mos xolda va tibbiyot maxsus bo`limlaridagi ilmiy ishlari bilan tanilgan mutaxassislar tomonidan taqriz beriladi.
  4. Maqola taqrizdan o`tkazilish uchun taqrizchini belgilash qarori bosh muharrir yoki uning o`rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
  5. Maqola qo`lyozma varianti (mualliflar familiyalari va ish joyi belgilanmagan xolda) taxririyat tomonidan maxsus xat bilan birgalikda taqrizchilarga yuboriladi.
  6. Taqriz ijobiy bo`lmaganda 10 (o`n) kun muddatida muallifga asoslangan rad javobi yuboriladi. Ushbu xolatda etik qoidalari bo`yicha taqrizchi familiyasi belgilanmaydi.
  7. Maqolaga qo`shimchalar va o`zgartirishlar kiritilishi talab qilinganda (o`zgartirish kiritish muddati 1-2 oy, ortig’i bilan 3 oy) mualliflarga ushbu xolatga mos xat yuborilishi tahminlanadi. Ushbu muddat ichida mualliflar o`zgartirilgan maqola variantini qayta taqrizdan o`tkazilishi uchun belgilangan taqrizchiga qayta yuboriladi.
  8. Mualliflar tomonidan o`zgartirish kiritishdan va maqola chop etishdan bosh tortish xolati bo`lsa, ular taxririyat ahzolarini ushbu xolat xaqida ogoxlantirish zarur. Mualliflar 3 oy muddati tugaganidan so`ng xam o`zgartirilgan maqola variantini taxririyatga yubormagan bo`lsa ushbu maqola chop etish uchun rejalashtirilgan maqola qatoridan chiqariladi. Mualliflarga taxririyat tomonidan ushbu xolat xaqida (maqola registratsiyadan chiqarilgani) xat yuboriladi. Taxririyatga yuborilgan maqola qo`lyozmalari qaytarilmaydi.
  9. Mualliflar taqrizchi xulosasini tan olmagan xolatda, ular iltimosiga binoan, taxririyat maqola variantini boshqa taqrizchi yoki taqrizchilar guruxiga aniq ekspert xulosa olish uchun qaytadan yuborishi mumkin.  Ushbu xolatlarda maqolaga olingan xamma ekspert xulosalari taxririyat ahzolari majlisida keng muxokama qilinadi va oxirgi taxririyat qarori mualliflarga majlis kunidan keyin 10 (o`n) ish kuni muddatida yetkaziladi.
  10. Qayta taqrizlash jarayonidan o`tmagan maqola (belgilangan o`zgartirishlar kiritilgan bo`lsa xam) mualliflar yana maqolani ko`rib chiqishi qo`shimcha muddat berilishi mumkin (2 oygacha), ushbu muddat o`tishi bilan maqola qayta taqrizga eskpertga yuboriladi. Uchinchi marotaba ekspert xulosasi ijobiy bo`lmasa maqola qayta ko`rib chiqilishiga qo`yilmayi, mualliflarga esa 10 (o`n) kun muddatida maqola chop etilmaslik xaqida xat yuboriladi.
  11. Ijobiy taqriz olgan va taxririyat majlisida tasdiqlangan maqolalar navbatdagi jurnal sonlarida chop etiladi (taxminan 1-2 oy muddatida), chop etilganligi xaqida taxririyat mualliflarni ogoxlantiradi.

Hurmat bilan, Bosh muharrir

Axmеdova Dilarom Ilxamovna