TUG‘MA YURAK NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA KASALLANISHNING KLINIK XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mavzuning dolzarbligi. Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) bolalarda eng ko‘p uchraydigan tug‘ma rivojlanish anomaliyalari guruhini tashkil etadi hamda neonatal va chaqaloqlik davridagi o‘lim sabablarining yetakchi o‘rinlaridan birini egallaydi. Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, TYN chastotasi har 1000 tirik tug‘ilgan bolaga 6 dan 10 tagacha holatni tashkil etadi. Hozirgi kunda kardiokirurgiya va neonatologiyaning rivojlanishi sharoitida bolalarda TYNni klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlar asosida o‘z vaqtida aniqlash kasallik prognozini baholash, davolash taktikasini tanlash va asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi. Yosh bolalarda turli og‘irlikdagi tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan holatlarda klinik belgilar, jismoniy rivojlanish, laborator va instrumental ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini baholash. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kardiokirurgiya bo‘limida tekshiruv va davolanishdan o‘tgan 49 nafar bola kiritilgan. Bolalarning yoshi bir necha haftadan 3 yoshgacha bo‘lgan. Barcha bemorlarga kompleks klinik-instrumental tekshiruv o‘tkazilgan: anamnez to‘plash, umumiy ko‘rik, antropometriya (bo‘y, tana vazni, tana massasi indeksi), laborator tahlillar (umumiy va biokimyoviy qon tahlili, gemoglobin darajasi, oqsil va elektrolit ko‘rsatkichlari), shuningdek, instrumental usullar — elektrokardiografiya (EKG), exokardiografiya (EKO), ko‘krak qafasi rentgenografiyasi va ko‘rsatmalarga ko‘ra qorin bo‘shlig‘i UTT. Yurak yetishmovchiligi darajasi R. Ross tasnifiga (Ross, 1992) muvofiq aniqlangan. Tadqiqot natijalar. Tekshirilgan bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan TYN — qorinchalararo to‘siq nuqsoni (QTSN) bo‘lib, 46,9% hollarda aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni va ochiq arterial yuli kuzatilgan. Izolyatsiyalangan nuqsonlar 51% hollarda, kombinatsiyalanganlari esa 47% hollarda qayd etilgan, bu esa erta yoshdagi bolalarda yurakning murakkab anomaliyalarining keng tarqalganligini ko‘rsatadi. O‘pka gipertenziyasi (O‘G) 57,1% bolalarda, asosan, katta shuntlar va kombinatsiyalangan nuqsonlar bilan kechgan holatlarda aniqlangan. Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish aksariyat o‘g‘il bolalarda qayd etilgan bo‘lib, bu holat surunkali gipoksiya va jismoniy yuklamaga past bardoshlilik bilan izohlanadi. Barcha bemorlarda anemiya aniqlangan, bu esa kislorod tashish funksiyasining buzilishi va organizmning gipoksiyaga moslashuv reaksiyasini aks ettiradi. 26,5% bolalarda o‘pkada dimlanish belgilar, 10,2% hollarda esa me’da-ichak va siydik chiqarish tizimi kasalliklari aniqlangan. Xulosa. Yosh bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlari jismoniy rivojlanishning pasayishi, anemiya, o‘pka gipertenziyasi va kombinatsiyalangan yurak nuqsonlarining yuqori chastotasi bilan kechadi. Yurak yetishmovchiligi darajasi har doim ham nuqson aniqlangan yosh bilan bog‘liq emas, bu esa bemorlarni kompleks tekshirish va kuzatish zarurligini ko‘rsatadi. Klinik, laborator va instrumental o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash kasallik prognozini baholash, jarrohlik tuzatish rejasini ishlab chiqish va asoratlar xavfini kamaytirishga imkon beradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Eleza-Meireles A, Smith GC, Laing IA, Gillett PM, Keavney BD. Iron deficiency in children with congenital heart disease: updated clinical perspectives. Eur J Pediatr. 2021;180(9):2853–61. doi:10.1007/s00431-021-04072-2.

Diller GP, Gatzoulis MA. Pulmonary vascular disease in congenital heart disease: from childhood to adulthood. Circulation. 2017;136(18):1801–16. doi:10.1161/CIRCULATIONAHA.117.028215.

Hassan BA, Albanna EA, Morsy SM, Siam AG. Nutritional status in children with unoperated congenital heart disease: current evidence from developing countries. Front Pediatr. 2019;7:53. doi:10.3389/fped.2019.00053.

Liu Y, Chen S, Zühlke L, Black GC, Choy MK, Li N, Keavney BD. Global birth prevalence of congenital heart defects, 1970–2017: systematic review and meta-analysis. Int J Epidemiol. 2019;48(2):455–63. doi:10.1093/ije/dyz009.

Vaidyanathan B, Nair SB, Sundaram KR, Bhat PG, Shivaprakasha K, Rao SG, Kumar RK. Malnutrition in children with congenital heart disease: determinants and short-term outcomes after corrective intervention. Indian Pediatr. 2018;55(7):541–6. doi:10.1007/s13312-018-1364-1.

Van der Linde D, Konings EEM, Slager MA, Witsenburg M, Helbing WA, Takkenberg JJM, et al. Worldwide birth prevalence and trends of congenital heart disease: updated systematic review. J Am Coll Cardiol. 2021;77(21):2241–57. doi:10.1016/j.jacc.2021.03.015.

Venugopalan P, Agarwal AK. Protein–energy malnutrition in children with congenital heart disease and improvement after surgery: contemporary data from a prospective cohort. Ann Trop Paediatr. 2017;37(1):11–7. doi:10.1179/027249302125000171.

Zhang Y, Guo Z, Sun H, Luo J, Zhang X. Anemia and iron deficiency in children with congenital heart disease: systematic review and meta-analysis. Medicine (Baltimore). 2020;99(40):e22506. doi:10.1097/MD.0000000000022506.

Zimmerman MS, Smith AGC, Sable CA, Echko MM, Wilner LB, Olsen HE, et al. Global, regional, and national burden of congenital heart disease, 1990–2019: insights from the Global Burden of Disease Study. Lancet Child Adolesc Health. 2020;4(3):185–200. doi:10.1016/S2352-4642(19)30402-X.

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Axmedova Д., Popenkov А., Kabulova А., Xusanboyeva О., & Axatova М. (2025). TUG‘MA YURAK NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA KASALLANISHNING KLINIK XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 4(5), 1110–1114. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2025-4-5-1110-1114
Ko'rishlar soni: 0