BOLALARDA KRIPTORXIZMNI TASHXISLASH VA DAVOLASHNING NATIJALARINI YAXSHILASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Kriptorxizm o‘g‘il bolalarda uchraydigan reproduktiv tizimning eng keng tarqalgan tug‘ma rivojlanish nuqsonlaridan biri bo‘lib, u moyakning moyak xaltachasiga o‘z vaqtida tushmasligi bilan xarakterlanadi. Ushbu patologiya moyak to‘qimasida mikrosirkulyatsiya, vaskulyarizatsiya va termoregulyatsiyaning buzilishiga olib kelib, keyinchalik degenerativ o‘zgarishlar, spermatogenezning susayishi va bepushtlik rivojlanish xavfining ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, kriptorxizm to‘liq muddatda tug‘ilgan chaqaloqlarda 1,6–9% holatda, muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda esa 30% gacha uchraydi. Ota-onalarning tibbiy yordamga kech murojaat qilishi, tashxisning kech qo‘yilishi va davolash taktikasini noto‘g‘ri tanlash ushbu kasallikni davolash natijalarini sezilarli darajada yomonlashtiradi. Tadqiqot maqsadi: Bolalarda kriptorxizmni erta tashxislash va kompleks davolash usullari samaradorligini baholash orqali davolash natijalarini yaxshilash. Tadqiqot materiali va usullari: Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi urologiya bo‘limida 2020–2025 yillar davomida kriptorxizmning turli shakllari bilan og‘rigan 8 oylikdan 17 yoshgacha bo‘lgan 253 nafar bemor tekshirildi va davolandi. Tashxislashda dopplerografiya bilan ultratovush tekshiruvi, MSKT, MRT va zarur hollarda diagnostik laparoskopiya qo‘llanildi. Barcha bemorlarda klinik-laborator tahlillar o‘tkazildi, palpatsiya qilinmaydigan gonadalari mavjud bemorlarda jinsiy gormonlar darajasi baholandi. Natijalar va xulosa: Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, kriptorxizmni erta aniqlash va differensial yondashuv asosida tanlangan jarrohlik taktikasi gonadaning funksional faolligini saqlab qolishga va asoratlar xavfini kamaytirishga imkon beradi. Kam travmatik endoskopik usullarni o‘z vaqtida qo‘llash operatsiyadan keyingi atrofiya, retraksiya va bepushtlik rivojlanish xavfini sezilarli darajada pasaytiradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Баранов И.И., Кириллов С.Н., Блохин С.Н. Современные подходы к диагностике и лечению крипторхизма у детей // Российский вестник детской хирургии. - 2020. - Т. 24. - №3. - С. 45-52. Baranov I.I., Kirillov S.N., Blokhin S.N. Sovremennyye podkhody k diagnostike i lecheniyu kriptorkhizma u detey // Rossiyskiy vestnik detskoy khirurgii. - 2020. - T. 24. - №3. - S. 45-52. https://cyberleninka.ru/article/n/innovatsionnye-metody-diagnostiki-i-terapii-kriptorhizma-v-detskom-vozraste

Гончаров П.А. Отдалённые результаты хирургического лечения крипторхизма у детей // Детская хирургия. - 2023. - №2. - С. 41-47. Goncharov P.A. Otdalonnyye rezul'taty khirurgicheskogo lecheniya kriptorkhizma u detey // Detskaya khirurgiya. - 2023. - №2. - S. 41-47. https://cyberleninka.ru/article/n/lechenie-kriptorhizma-v-detskoy-hirurgicheskoy-praktike-multitsentrovoe-issledovanie

Иванов А.А. Современные методы диагностики и лечения крипторхизма у детей // Вестник детской хирургии. - 2021. - Т. 27, №1. - С. 14-22. Ivanov A.A. Sovremennyye metody diagnostiki i lecheniya kriptorkhizma u detey // Vestnik detskoy khirurgii. - 2021. - T. 27, № 1. - S. 14-22. https://www.urovest.ru/jour/article/view/665

Аль-Машат Н. А., Коварский С. Л., Петрухина Ю. В., Меновщикова Л. Б., Калинченко Н. Ю., Захаров А. И. Алгоритм лечения детей с крипторхизмом // Репродуктивное здоровье детей и подростков. 2016. №2 (67). Al'-Mashat N.A., Kovarskiy S.L., Petrukhina YU. V., Menovshchikova L. B., Kalinchenko N. YU., Zakharov A. I. Algoritm vyyavleniya zabolevaniy pri kriptorkhizme // Reproduktivnoye vyyavleniye zdorov'ya i podrostkov. 2016. № 2 (67). https://cyberleninka.ru/article/n/algoritm-lecheniya-detey-s-kriptorhizmom

Мираков К.К., Исмаилов К.А., Володько Е.А., Латышев О.Ю. и др. Анализ ошибок и исходы хирургического лечения крипторхизма у детей // в кн.: Материалы Московской областной конференции «Актуальные вопросы детской уроандрологии», г. Видное. - 17 марта 2011 г. - С. 45-49. Mirakov K.K., Ismailov K.A., Volod'ko Ye.A., Latyshev O.YU. ya doktor. Analiz oshibok i iskhody khirurgicheskogo lecheniya kriptorkhizma u detey // V kn.: Materialy Moskovskoy oblastnoy konferentsii «Aktual'nyye voprosy detskoy uroandrologii», g. Vidnoye. - 17 raz v 2011 g. - S. 45-49. https://cyberleninka.ru/article/n/kriptorhizm-retrospektiva-i-voprosy-nastoyaschego-vremeni

Яцык С.П., Торзян А.О., Семикина Е.Л., Жамынчиев Э.К. и др. Состояние гематотестикулярного барьера у детей с варикоцеле // Репродуктивное здоровье детей и подростков. - 2016. - №6. - С.53-67. Yatsyk S.P., Torzyan A.O., Semikina Ye.L., Zhamynchiyev Ye.K. ya doktor. Sostoyaniye gematotestikulyarnogo bar'yera u detey s varikotsele // Reproduktivnoye zdorov'ye detey i podrostkov. - 2016. - №6. - S.53-67. https://cyberleninka.ru/article/n/sostoyanie-gematotestikulyarnogo-bariera-u-detey-s-varikotsele

Урология по Дональду Смиту. Под ред. Э.Танахо, Дж. Маканинча. Пер. с англ. М.: Практика. - 2005. - С. 667-668. Urologiya Donal'da Smita. Pod red. E. Tanakho, Dzh. V zavisimosti ot lokalizatsii. Per. Angliyskiy yazyk. Praktika. - 2005. - S. 667-668. https://rusneb.ru/catalog/000200_000018_RU_NLR_bibl_846264/

Alagaratnam S., Nathaniel C., Cuckow P., Duffy P. et al. Testicular outcome following laparoscopic second stage Fowler-Stephens orchidopexy // J. Pediatr. Urol. - 2014; 10(1): 186-92. doi: 10.1016/j.jpurol.2013.08.005. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jpurol.2013.08.005

Barthold J.S., Gonzalez R. The epidemiology and pathophysiology of cryptorchidism // Pediatric Endocrinology Reviews. - 2016. - Vol. 14, №1. - P. 2-12. https://doi.org/10.5114/POLP.2020.94927 DOI: https://doi.org/10.5114/polp.2020.94927

Kollin C., Granholm T., Nordenskjöld A. Outcomes of early versus late orchidopexy for undescended testes: a prospective study // Pediatrics. - 2019. - Vol. 144, №3. - P. 1-9. doi: 10.1016/j.juro.2007.03.173. DOI: https://doi.org/10.1016/j.juro.2007.03.173

Nayci A., Bahadi G., Erdogan C., Taskinlar H. Laparoscopic one-stage Fowler-Stephens orchiopexy preserving gubernaculum // Turk. J. Urol. - 2017; 43(1). - Р. 75-78. doi: 10.5152/tud.2016.32392 DOI: https://doi.org/10.5152/tud.2016.32392

Al Hindi S, Khalaf Z. The outcome of laparoscopic assisted orchidopexy in very young children: A single hospital experience. J Pediatr Urol. 2021 Aug;17(4):536.e1-536.e7. doi: 10.1016/j.jpurol.2021.03.004. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jpurol.2021.03.004

Pakkasjärvi N, Taskinen S. Surgical treatment of cryptorchidism: current insights and future directions. Front Endocrinol (Lausanne). 2024 Mar 1;15:1327957. https://doi.org/10.3389/fendo.2024.1327957 DOI: https://doi.org/10.3389/fendo.2024.1327957

Batra NV, DeMarco RT, Bayne CE. A narrative review of the history and evidence-base for the timing of orchidopexy for cryptorchidism. J Pediatr Urol. 2021 Apr;17(2):239-245. doi: 10.1016/j.jpurol.2021.01.013. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jpurol.2021.01.013

Geada A, Jivanji D, Tennenbaum DM, Ghomeshi A, Reddy R, Sencaj M, Thomas J, Nassau DE, Ramasamy R. Long-term impact of commonly performed operations in pediatric urology on reproductive and sexual health. Ther Adv Urol. 2024 May 9;16 doi: 10.1177/17562872241249083. DOI: https://doi.org/10.1177/17562872241249083

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Gafurov А., Nazirov Н., Turakulov З., Allaev М., Allaev М., Mamataliyev Д., & Soliyev М. (2026). BOLALARDA KRIPTORXIZMNI TASHXISLASH VA DAVOLASHNING NATIJALARINI YAXSHILASH. Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(1), 1213–1219. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-1-1213-1219
Ko'rishlar soni: 0

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari