Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati

TO'LIQ MATN:

Annotatsiya

Go‘daklarda qusish sindromi pediatriya amaliyotida keng uchraydigan klinik holatlardan biri bo‘lib, aksariyat hollarda funksional xarakterga ega. Shu bilan birga, mazkur simptom yuqori hazm trakti organik patologiyalarining, xususan tug‘ma gipertrofik pilorostenozning ham asosiy klinik belgilaridan biri hisoblanadi. Organik va funksional holatlarni erta differensial tashxislash, ayniqsa instrumental diagnostika imkoniyatlari cheklangan birlamchi bo‘g‘in sharoitida, dolzarb klinik muammo bo‘lib qolmoqda. Maqsad. Go‘daklarda yuqori hazm trakti organik patologiyalarini bashoratlashda klinik xavf omillarining diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat. Usullar. Tadqiqotga qusish sindromi bilan murojaat qilgan 89 nafar go‘dak jalb qilindi, ularning 65 nafari (73,0%) o‘g‘il va 24 nafari (27,0%) qiz bolalar edi. Barcha bemorlarda standartlashtirilgan klinik baholash amalga oshirilib, anamnez, qusish xususiyatlari, vazn dinamikasi hamda ob’ektiv ko‘rik natijalari tahlil qilindi. Tashxis verifikatsiyasidan so‘ng bemorlar ikki guruhga ajratildi: organik patologiya guruhi (n=45) va funksional buzilishlar guruhi (n=44). Klinik xavf omillarining diagnostik ahamiyati χ²-test, odds ratio (OR) va 95% ishonch intervali (95% CI) yordamida baholandi. Natijalar. Bemorlarning asosiy qismi (79,8%) hayotning dastlabki uch oyida qayd etildi. Tahlil natijalari organik patologiya bilan bir nechta mustaqil klinik omillar ishonchli bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, yoshning 3 oydan kichik bo‘lishi organik patologiya ehtimolini sezilarli oshirdi (OR=7,24; 95% CI: 2,00-26,2; p<0,001). Shuningdek, fontansimon qusish (OR=5,97; 95% CI: 2,33-15,3; p<0,001) va o‘g‘il jinsi (OR=2,64; 95% CI: 1,05-6,61; p<0,05) ham mustaqil klinik prediktorlar sifatida aniqlandi. Har ovqatlanishdan keyingi qusish organik patologiya bilan kuchli assotsiatsiyaga ega bo‘lgan bo‘lsa (OR=5,81; p<0,001), takrorlanuvchi qusishning differensial-diagnostik ahamiyati ishonchli emasligi qayd etildi (p>0,05). Xulosa. Go‘daklarda qusish sindromi fonida yoshning 3 oydan kichik bo‘lishi, fontansimon va har ovqatlanishdan keyingi qusish, shuningdek o‘g‘il jinsi organik patologiyaning muhim mustaqil klinik prediktorlari hisoblanadi. Ushbu omillarni kompleks baholash birlamchi bo‘g‘in pediatriya amaliyotida yuqori xavf guruhini erta aniqlash va bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashgan tekshiruvlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Yin J., Wang J., Lin Y., et al. A population-based study on prevalence and predisposing risk factors of infant functional gastrointestinal disorders in a single center in Southern Fujian //Frontiers in Pediatrics.-2022.-Vol.10.-Article 951823. doi: 10.3389/fped.2022.951823

Garfield K, Sergent SR. Pyloric Stenosis. 2023 Jan 30. In: StatPearls [Internet]. Treasure Island (FL): StatPearls Publishing; 2026 Jan. PMID: 32310391.

Krogh C., Fischer T.K., Skotte L., et al. Pre- and Perinatal Risk Factors for Pyloric Stenosis and Their Influence on the Male Predominance //American Journal of Epidemiology.-2012.-Vol.176, №1.-P.24–31. doi: 10.1093/aje/kwr493

Kim H.J., Lee J.H., Kim H.Y., et al. Utility of Pyloric Length Measurement for Detecting Severe Metabolic Alkalosis in Infants with Hypertrophic Pyloric Stenosis //Pediatric Gastroenterology, Hepatology & Nutrition.-2024.-Vol.27, №2.-P.88–96. doi: 10.5223/pghn.2024.27.2.88

Rich B.S., Dolgin S.E. Hypertrophic Pyloric Stenosis //Pediatrics in Review.-2021.-Vol.42, №10.-P.539–545. doi: 10.1542/pir.2020-0067

Hom J., Kaplan C., Lam S.H.F., et al. Vomiting, pyloric mass, and point-of-care ultrasound: diagnostic test accuracy for hypertrophic pyloric stenosis-a meta-analysis //The Journal of Emergency Medicine.-2023.-Vol.65, №5.-P.e427–e431. doi: 10.1016/j.jemermed.2023.06.009

Qanday iqtibos keltirish kerak

Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati. (2026). Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(3), 1350-1356. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari

<< < 1 2 

ISSN 2181-2926 (Online)