BOLALARDA KASALXONADAN TASHQARI PNEVMONIYANING OG‘IRLIK DARAJASINI BASHORATLASHDA YALLIG‘LANISH MARKERLARI VA TUG‘MA IMMUNITET KO‘RSATKICHLARINING O‘RNI
Abstrakt
Kirish. Kasalxonadan tashqari pnevmoniya (KTP) bolalarda nafas yo‘llari infeksiyalarining eng ko‘p uchraydigan turlaridan biri bo‘lib, zamonaviy pediatriyada dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bolalarda kasallikning og‘ir kechish xavfini baholash va davolash natijalarini bashoratlash amaliy ahamiyatga ega. Immunologik biomarkerlar, jumladan immunoglobulinlar, hujayraviy subpopulyatsiyalar va yallig‘lanish ko‘rsatkichlari KTP patogenezida muhim o‘rin tutadi hamda immun javob xususiyatlari va kasallik og‘irligini tavsiflashga yordam beradi. Maqsad. Kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning turli og‘irlik darajalarida bolalarda yallig‘lanish markerlari va tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlarining diagnostik va prognostik ahamiyatini baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqotga 1 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan, klinik va rentgenologik jihatdan KTP tashxisi tasdiqlangan 80 nafar bola kiritildi. Bemorlar kasallik og‘irligiga ko‘ra ikki guruhga ajratildi: yengil KTP bo‘lgan 40 nafar va og‘ir KTP bo‘lgan 40 nafar bola. Og‘irlik darajasi nafas olish chastotasi, intoksikatsiya darajasi, nafas yetishmovchiligi mavjudligi va kislorod terapiyasiga ehtiyoj kabi klinik mezonlar asosida baholandi. Yallig‘lanish va tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlari sifatida qon zardobidagi prokaltsitonin va C-reaktiv oqsil darajalari, shuningdek CD16+, CD64+ va neytrofillarning fagotsitar faolligi aniqlandi. Natijalar. Yengil va og‘ir KTP guruhlari o‘rtasida leykotsitlar soni, limfotsitlarning mutlaq miqdori, prokaltsitonin va C-reaktiv oqsil konsentratsiyalari, CD64+ ekspressiyasi hamda neyrofillarning fagotsitar faolligi bo‘yicha ishonchli farqlar aniqlandi. Leykotsitlar, prokaltsitonin, C-reaktiv oqsil va CD64+ ning oshishi kasallikning og‘ir kechishi bilan bog‘liq bo‘ldi (p<0,001), limfopeniya esa adaptiv immunitetning buzilishini aks ettirdi (p<0,001). Fagotsitar faollik ham og‘ir holatlarda yuqori bo‘ldi (p<0,001). CD16+ o’zgarishi statistik ahamiyatga yetmadi, biroq ko‘rsatkichlarning oshishiga moyillik kuzatildi. Eng informativ markerlar kombinatsiyasi leykotsitlar soni, prokaltsitonin/CRP, CD64+, fagotsitoz va limfotsitlar miqdorini o‘z ichiga oldi. Xulosa. Yallig‘lanish va immunologik biomarkerlarning kompleks baholanishi bolalarda og‘ir KTP xavfini erta stratifikatsiya qilish uchun yuqori diagnostik ahamiyatga ega. Eng muhim prediktorlar leykotsitoz, limfopeniya, prokaltsitonin va C-reaktiv oqsilning oshishi, CD64+ ekspressiyasi hamda neytrofillarning fagotsitar faolligining kuchayishi bo‘ldi. Ushbu biomarkerlar panelini qo‘llash intensiv kuzatuv va terapiyaga muhtoj bemorlarni erta aniqlashga imkon beradi. CD16+ ning o‘rni qo‘shimcha tadqiqotlarni talab etadi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Union of Pediatricians of Russia. Community-acquired pneumonia in children: clinical guidelines (2021) [Internet]. Moscow: Union of Pediatricians of Russia; 2021. URL: https://www.pediatr-russia.ru/information/klin-rek/proekty-klinicheskikh-rekomendatsiy/Клинические%20рецепции_Пневмония_1.06.2021.pdf
Cao L, Ji Z, Zhang P, Wang J. Epidemiology and mortality predictors for severe childhood community-acquired pneumonia in ICUs: a retrospective observational study. Front Pediatr. 2023;11:1031423. doi:10.3389/fped.2023.1031423.
World Health Organization. Pneumonia [Internet]. Geneva: WHO; 2024 [cited 2025 Feb 10]. Available from: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/pneumonia
Sharipov A, Abrieva N, Safarov Z, Alimova G, Tilyakov A. Epidemiological and etiopathogenetic features of mycoplasma pneumonia based on modern data of practical medicine. Vestn Nats Det Med Tsentr. 2024;(1):7–13.
Azimova SN. Improving methods of diagnostics and intensive care of young children with multiple organ failure. Abstract of PhD diss. Tashkent, 2025;48 p.
Alibekova MB. Antibiotic therapy for multiple organ failure in children. Vestn Nats Det Med Tsentr. 2022;(3):20–21.
Abdelmohsen AH, Allam AA, Abd El Naby HM, El-Kholy AA, El-Sayed GM. Neutrophil CD64 as a diagnostic marker of bacterial infection in children with community-acquired pneumonia. J Pediatr Pulmonol. 2019;54(4):437–443. DOI: 10.1002/ppul.24254.
Cai Q, Xu MY, Huang J, Wu R, Li X, Zhang J. Clinical value of neutrophil CD64 in the diagnosis of community-acquired pneumonia in children. Zhongguo Dang Dai Er Ke Za Zhi. 2012;14(11):819–823. Article in Chinese.
Shang Y, Pan C, Yang X, Li W, Zhang L, Liu Y, et al. Diagnostic value of neutrophil CD64 index in sepsis and severe infection: a meta-analysis. Front Immunol. 2022;13:861697. DOI: 10.3389/fimmu.2022.861697.
Baranova IP, Korovina NA, Zakharova IN, Smirnova EV, Ivanova OV. Diagnosticheskoe znachenie prokaltsitonina u detey s vnebol’nichnoy pnevmoniyey. Vopr Sovrem Pediatr. 2012;11(3):34–38. Russian. (Diagnostic value of procalcitonin in children with community-acquired pneumonia).
Karakioulaki M, Stolz D. Biomarkers in pneumonia – beyond procalcitonin. Int J Mol Sci. 2019;20(8):2004. DOI: 10.3390/ijms20082004.
Ng PC, Lam HS. Diagnostic markers for neonatal sepsis. Semin Fetal Neonatal Med. 2006;11(6):384–392. DOI: 10.1016/j.siny.2006.07.003.
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial-NoDerivatives» («Атрибуция — Некоммерческое использование — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.