Bolalarda allergik rinit va bronxial astmaning komorbid kechishida klinik belgilarning xususiyatlari

TO'LIQ MATN:

Annotatsiya

Kirish. Allergik rinit va bronxial astma bolalar orasida keng tarqalgan, o‘zaro patogenetik jihatdan bog‘liq bo‘lgan allergik kasalliklar qatoriga kiradi. Ushbu kasalliklarning komorbid kechishi klinik simptomlarning og‘irroq namoyon bo‘lishiga, kasallik nazoratining qiyinlashishiga va bemorlar hayot sifati pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi bolalarda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechgan holatlarida klinik belgilarning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.    Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqot Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar allergologiya bo‘limida o‘tkazildi. Tekshiruvdagi  bemorlarning yoshi 7 - 18, o‘rtacha yoshi esa 10,1 ± 0,31 tashkil etdi. 1-guruxda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechgan n=100 nafar bemor bolalar, 2-guruxda allergik rinit bilan og‘rigan n=50 nafar, shundan 2a - intermittirlovchi AR (IAR) (n=24) va 2b- persistirlovchi AR (PAR)  (n=26) guruxchalarga bo‘lindi.  Tadqiqotda allergik rinit va bronxial astma bilan kasallangan bolalarda asosiy klinik simptomlar, ularning uchrash chastotasi, namoyon bo‘lish darajasi va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar va ularning muhokamasi: Burun bitishi 1-guruhdagi AR bilan BA birgalikda kechgan bemorlarda  - 72 (72%) ta, intermittirlovchi AR (IAR) bilan 2 a guruhchada - 15 nafar (62,5%), persistirlovchi AR (PAR) bilan 2 b guruhchada - 17 (65,3%)  ta bemorlarda  aniqlandi (p<0,001). Rinoreya 1 guruhda 59 (59%)  va 2 a guruxchadagi  IAR li  12 (50%) ta bemorlarda doimiy ya’ni kunduzi va kechasi (4 ball) kuzatiladigan rinoreya ko‘p uchradi (r<0,01). 2 b -guruhchada PAR bilan og‘rigan bolalarning 15 (57,6%)  nafar  bemorlarda kam kuzatiladigan rinoreya (2 ball) ko‘proq kuzatildi  (r<0,01). Aksirish AR+BA  bo‘lgan  43% bemorlarda o‘rtacha darajada va 39% hollarda sezilarli darajada aksirish kasallik  bilan birga kechgan, intensivligi PAR guruhchasiga to‘g‘ri keladi, bu nafas a’zolarining allergik sezgirlikning kuchayishi yallig‘lanish jarayonining mavjudligi bilan ham bog‘liq deb izohlandi. Hulosalar: Olingan natijalar allergik rinit va bronxial astmaning birga kechishi bolalarda kasallikning klinik manzarasini og‘irlashtirishini va bunday bemorlarda erta tashxis hamda kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Ашералиев М. Е., Омушева С. Э. Состояние функции внешнего дыхания у детей с аллергическим ринитом в Кыргызской Республике //Бюллетень науки и практики. – 2017. – №. 11 (24). –С. 24-29. Asheraliev M. Ye., Omusheva S. E. Sostoyanie funksii vneshnego dixaniya u detey s allergicheskim rinitom v Kirgizskoy Respublike //Byulleten nauki i praktiki. – 2017. – №. 11 (24). –S. 24-29.

Балаболкин И. И. Современные подходы к терапии бронхиальной астмы у детей //Педиатрия. Журнал им. ГН Сперанского. – 2016. – Т. 95. – №. Balabolkin I. I. Sovremennie podxodi k terapii bronxialnoy astmi u detey //Pediatriya. Jurnal im. GN Speranskogo. – 2016. – T. 95. – №. 4.

Геппе Н. А., Колосова Н. Г. Значение современных руководств в улучшении мониторирования и лечения бронхиальной астмы у детей (обзор) //Вестник Смоленской государственной медицинской академии. – 2017. – Т. 16. – №. 3. Geppe N. A., Kolosova N. G. Znachenie sovremennix rukovodstv v uluchshenii monitorirovaniya i lecheniya bronxialnoy astmi u detey (obzor) //Vestnik Smolenskoy gosudarstvennoy meditsinskoy akademii. – 2017. – T. 16. – №. 3.

Зайнетдинова Г. М. Провокационные тесты в диагностике сочетанных форм бронхиальной астмы и аллергического ринита у детей //Практическая медицина. – 2016. – №. 7 (99). Zaynetdinova G. M. Provokatsionnie testi v diagnostike sochetannix form bronxialnoy astmi i allergicheskogo rinita u detey //Prakticheskaya meditsina. – 2016. – №. 7 (99).

Миррахимова М.Х., Саидхонова А.М. Болаларда аллергик ринитни даволашга замонавий ёндошув//”Педиатрия” научно-педиатрический журнал -2021. -№. 2. –С.59-67. Mirraximova M.X., Saidxonova A.M. Bolalarda allergik rinitni davolashga zamonaviy yondoshuv//”Pediatriya” nauchno-pediatricheskiy jurnal -2021. -№. 2. –S.59-67.

Янаева Х. А., Мачарадзе Д. Ш., Авилов К. К. Сезонный аллергический ринит: локальные особенности //Лечащий врач. – 2018. – Т. 3. – С. 73-76. Yanaeva X. A., Macharadze D. Sh., Avilov K. K. Sezonniy allergicheskiy rinit: lokalnie osobennosti //Lechashiy vrach. – 2018. – T. 3. – S. 73-76.

Abou Merhi B. et al. Allergic Rhinitis in Children with Asthma: A Questionnaire Based Study in Lebanon //Journal of Advances in Medicine and Medical Research. – 2015. – S. 1-6.

Dhami S, Nurmalatov U, Arasi S, Khan T, Asaria M, Zaman H, Aqarwal A, Netuveli G. et al. Allergen immunotherapy for allergic rhinoconjunctivitis: a systematic review and meta-analysis. //Allergy. - 2017. - №. 4. – S 129-135

Farber I. M., Kudryashova M. A. Allergic rhinitis and bronchial asthma in preschool children: possibilities of modern therapy for comorbid diseases //Archives of Pharmacy Practice. – 2020. – T. 1. – S. 136.

10. Саидхонова А.М., Саитханов С.М. «Оценка показателей качества жизни у больного с деформирующим остеоартрозом». Печатается по решению редакционно-издательского совета Восточно-Сибирского государственного университета технологий и управления (2016): 269. Saidxonova, A. M., and S. M. Sayitxonov. "Otsenka pokazateley kachestva jizni u bolnix s deformiruyushim osteoartrozom." Pechataetsya po resheniyu redaksionno-izdatelskogo soveta Vostochno-Sibirskogo gosudarstvennogo universiteta texnologiy i upravleniya (2016): 269.

Khabibullayevna, M. M., and S. A. Murotkhonovna. "Changes in the quality of life indicators of patients when allergic rhinitis is comorbid with bronchial asthma in children." journal of biomedicine and practice 8.3 (2023).

Kh, M. M., and A. M. Saidkhonova. "Comorbid course of allergic rhinitis with bronchial asthma in children." Proceedings of International Educators Conference. Vol. 2. No. 4. 2023.

Zhang Y., Zhang L. Increasing prevalence of allergic rhinitis in China //Allergy, asthma & immunology research. – 2019. – T. 11. – №. 2. – S. 156-169.

Qanday iqtibos keltirish kerak

Bolalarda allergik rinit va bronxial astmaning komorbid kechishida klinik belgilarning xususiyatlari. (2026). Xalqaro Ilmiy Pediatriya Jurnali, 5(2), 1319-1325. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-2-1319-1325

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.


ISSN 2181-2926 (Online)